140 qaror:  140-сон 15.03.2017. Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида

To’g’ri qaror qilish qanchalik muhum? » Страница 140

Siz to’g’ri qaror qila olasizmi? Bu mavzuni ko’tarishimizdan maqsad shundan iboratki, bizning hayotimizda shunday vaziyatlar bo’ladiki biz qabul qilgan qaror nafaqat bizni balki o’zga insonlarning ham hayotini o’zgartira oladi. Hurmatli abiturientlar bu maslahatlarimiz sizga to’g’ri qaror qabul qilishda yordam beradi degan umiddamiz.
Ho’sh, qanday omillar bizga shunday mas’uliyatli vaziyatda salbiy tasir ko’rsatishi mumkinligi haqida so’z yuritamiz:

1. Maqsadning mavhumligi yoki biz aynan nimani istayotganimizni bilmaganligimiz.

Bilasizmi qayerga ketayotganini bilgan odam yo’lidan adashishi qiyin bo’ladi, chunki uni ko’z oldida har doim qo’ygan maqsadi bo’ladi va uni harakatga undaydi. Agar siz aniq bir maqsadga ega bo’lsangiz har bir qaroringiz unga erishishingizga yordam beradi. Siz oliy o’quv yurtiga nima uchun topshirmoqchisiz? Agar bu savolga siz: «Bu zamon talabi, hamma harakat qilayabti-ku demak biron nafi bordir» — deb javob bersangiz, unutmang hozir siz qaysi kasbni egallashingiz sizni kelajakdagi hayotingiz qanday o’tishini hal qiladi

. Negaki bizning asosiy vaqtimiz ishxonada o’tadi va bizga o’z qilayotgan ishimiz quvonch olib kelmasa, biz to’laqonli baxtni his qila olmasligimiz mumkin. Shunday ekan o’zingiz sevib qiladigan mashg’ulotingizni kasbingizga aylantiring va siz albatta hayotda yuksak muvaffaqiyatlarga erishasiz, chunki sevib, chin yurakdan qilingan har bir ish unumli bo’ladi va jamiyatda yuksak qadrlanadi.

2. Qarzdorlik hissi va stereotiplar.

Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki biz o’zimiz xohlagan qarorimizni qabul qila olmasligimizning yagona sababi bu yaqinlarimizning qaroriga qarshi chiqib ularni ranjitishdan qo’rqishimizdir.
Masalan, bizning ota-onamiz hayot yo’limizda bizga o’zlarining qimmatli maslahatlarini berishadi va bu juda muhim. Lekin siz o’z fikrlaringiz bilan ham bo’lishib ko’ring, nimani xohlashingiz haqida suhbatlashing. Chunki ota-onamiz bizni baxtli ko’rishni istashadi

va sizga albatta quloq solishadi va maqsadingizga erishishingizda yordam berishadi.
Stereotiplarga kelsak, bu ham oddiy hol emas. Masalan, siz matematika va hisoblashni yoqtirmaysiz, lekin yaqinlaringiz tavsiyasi bilan matematikani o’rganib ishonchli va yaxshi oylik to’lanadigan kasb egasi, masalan iqtisodchi bo’lishingiz kerak. Aslida esa siz taomlarni juda yaxshi tayyorlaysiz va bu sizga yoqadi. Unutmang siz o’zingiz yoqtirmagan ishda yuksalishingiz qiyin, shuning uchun o’zingizni qo’lingizdan keladigan va yoqadigan mashg’ulot borasidagi bilimlaringizni boyiting va shu sohada birinchi bo’ling.

3. Qo’rquv.

Bu barchamizga tanish tuyg’u. Oddiy misol, agar o’zim hohlagan joyga topshirsam bilimim yetmasligi mumkin, yiqilsam odamlar nima deydi, yana bir yilga kech qolamanmi? Yoq undan ko’ra pastroq yo’nalishga topshiraman. To’htang, agar siz uchragan birinchi to’siqda yengilsangiz, asta sekin ulkan orzularingiz kichrayib boradi,

qachonlardur Parijga borishni orzu qilgan bo’lsangiz uni amalga oshirishni o’rniga mehnat ta’tilida yangi texnika olishga ko’nikib qolasiz.
Hech qachon oldingizdagi to’siqlardan cho’chimang! Aksincha bu sizga yanada ko’proq kuch va g’ayrat bag’ishlashi kerak. Mayli bir yil keyin, lekin siz istagan asl maqsadingizga erishing!

Agar yuqoridagi mulohazalardan so’ng, o’zingizning qaroringiz to’g’riligida zarracha shubhalangan bo’lsangiz hali ham kech emas. Hayotda har doim o’zingiz yoqtirgan ishni qilishga intiling, o’zingiz sevgan odamlarni yonida bo’lishga, sizni sevganlarni baxtliroq qilishga intilib yashang.

Bu mavzu yuzasidan siz qanday fikrdasiz? Marhamat fikringizni yozib qoldiring!

Ko’chirish uchun reklamalardan birni bosing

Elchining qizi / Elchi qizi Turk serial Barcha qismlar Uzbek tilida

В закладки

Скачать

Sefirin Kizi

ОБЗОР:

Yoshlar Sanjar va Nara bir-birlarini telbalarcha sevib qolishgan, lekin qizning otasi ularning munosabatlariga qarshi edi. Nare va Sanjar qochishga va yashirincha turmush qurishga qaror qilishadi, lekin to’y kuni Nare to’satdan yo’qoladi. Ko’p yillar o’tgach, ular yana uchrashishadi. (Google Translate)

Добавить в списки:

Данный релиз содержит рекламу, вшитую непосредственно в фильм!К данной рекламе мы не имеем никакого отношения и мы обязательно обновим данный релиз, когда он появится без рекламы!

СМОТРЕТЬ ОНЛАЙН

Свет

Выберите серию